17:53 / 04.02.2019
8 556

Meva-sabzavot mahsulotlari narxi qimmatlashmoqda (foto)

Meva-sabzavot mahsulotlari narxi qimmatlashmoqda (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan 2019 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi haqidagi ma’lumotda 2019 yilning yanvar oyida meva va sabzavot mahsulotlari narxlari o‘rtacha 8,3 foizga o‘sgan.

Sitrus mevalari narxlarini 1,0 foizga arzonlashganligini hisobga olmaganda, deyarli barcha turdagi meva va sabzavot mahsulotlari narxlarida o‘sish kuzatilgan.

Alohida turdagi meva-sabzavot mahsulotlarining iste’mol
narxlari indeksi – 2019 yil yanvar 2018 yilning dekabriga nisbatan, %


2019 yilning yanvar oyida meva-sabzavotlar guruhi tarkibiga kiruvchi mahsulotlardan uzum (1,3 baravar), tarvuz (22,0 %) va pomidor (16,3 %) narxlarining yuqori darajada qimmatlashganligi qayd etilgan.

Shuningdek, infografika ma’lumotlarida ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlardan tashqari oshqovoq (8,6 %), bodring (8,0 %), sarimsoq (5,1 %), tuzlangan bodring va pomidor (3,4 %), lavlagi (1,7 %), yong‘oq (1,2 %), quritilgan mevalar (1,1 %) narxlari ham qimmatlashgan.

Yillik ma’lumotlar tahliliga ko‘ra (2019 yil yanvar 2018 yilning yanvariga nisbatan), meva-sabzavot mahsulotlari narxlari o‘rtacha 5,0 foizga qimmatlashdi. Ushbu guruh mahsulotlari narxlari orasidagi o‘zgarish doirasi nisbatan keng bo‘ldi. Karam narxlari maksimal darajada qimmatlashib (2,5 baravar), sarimsoq narxlari esa aksincha minimal darajada (43,5 %) arzonlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Meva-sabzavot mahsulotlari narxi qimmatlashmoqda (foto)