13:16 / 05.02.2019
6 163

Toshkentda transport vositalarining 2019 yilda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddati ma’lum bo‘ldi

Toshkentda transport vositalarining 2019 yilda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddati ma’lum bo‘ldi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahridagi transport vositalarini 2019 yilda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi transport vositalari va ularga tirkamalar 2019 yilda belgilangan tartibda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Hujjat bilan Toshkent shahrida transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha komissiya tarkibi, Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarini 2019 yil uchun majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish jadvali tasdiqlanishi mumkin.

Toshkent shahrida transport vositalari joriy yilda quyidagi davriylikka muvofiq:

tijorat asosida yo‘lovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, tramvaylar va o‘tiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari hamda ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta (birinchi marta — 1 martdan 30 iyungacha, ikkinchi marta — 1 sentyabrdan 31 oktyabrgacha);

ishlab chiqarilganligiga besh yildan ko‘p bo‘lmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (tijorat asosida yo‘lovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, tramvaylar va o‘tiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari hamda ularga tirkamalardan tashqari) — ikki yilda bir marta;

ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq bo‘lgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (tijorat asosida yo‘lovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, tramvaylar va o‘tiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalardan tashqari) — bir yilda bir marta;

tirkamalar ko‘rikka transport vositasi - shatakchi uchun belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 1 martdan 30 iyungacha o‘tkaziladi.
Jismoniy shaxslarga qarashli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 1 yanvardan 31 avgustgacha o‘tkaziladi.
Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazilganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yig‘im undiriladi.

Toshkent shahar IIBB YHXB (B.Nig‘manov), tuman hokimliklari:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 31 yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-son qarorining 3-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy bo‘linmalari transport vositalari ko‘rsatib o‘tilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi inobatga olinadi.

Toshkent shahar IIBB YHXB (B.Nig‘manov):

transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi haqida ommaviy axborot vositalari orqali omma e’tiboriga yetkazish ishlari tashkillashtiriladi;

yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda yuridik shaxsga, tegishli hujjatlarni ilova qilingan holda, texnik ko‘rik o‘tkaziladigan muddatlar to‘g‘risidagi bildirishnoma yuborilishi, texnik ko‘rik boshlanishidan kamida o‘n kun oldin belgilangan tartibda yuridik shaxsdan tegishli hujjatlar talab qilinishi;

jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda transport vositasi egasidan yoki unga vakolatli shaxsdan tegishli hujjatlar talab qilinishi;

texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositalarini yo‘lga chiqargan komissiya tarkibidagi mas’ul xodimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiradi.

Majburiy texnik ko‘rik davomida komissiya tarkibida ish olib borgan xodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinishi inobatga olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda transport vositalarining 2019 yilda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddati ma’lum bo‘ldi