13:41 / 05.02.2019
5 758

Oyoq kiyimlariga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi (foto)

Oyoq kiyimlariga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi (foto)
O‘zbekistonda fuqarolarga o‘z ehtiyojlari uchun 65 grammgacha zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo ushbu mahsulotlarni ko‘p miqdorda mamlakatga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlar hamon uchrab turibdi.

Ana shunday bir nechta urinishlar Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro T.N. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, uning qo‘l yuklari orasida va etigi ichiga yashirilgan, og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan qiymati 7 560 000 so‘mlik, jami og‘irligi 252 gramm bo‘lgan 39 dona oq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini mamlakatga yashirincha olib kelayotganida to‘xtatib qolindi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Shu kabi yana bir holatda fuqaro U.A.ning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, jami og‘irligi 335 gr. bo‘lgan, oq metalldan yasalgan umumiy qiymati 10 050 000 so‘mlik ya’ni, 45 dona zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirganligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Yana bir holatda, bojxonachilarda e’tiborini tortgan fuqaro M.G. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, oyog‘idagi qora rangli tuflisining ichki tovon qismiga 2 dona sellofan paketda qiymati 21 000 000 so‘mlik, og‘irligi 70 gramm bo‘lgan 17 dona sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini qo‘shni mamlakatdan yashirib olib kirayotganligi fosh qilindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oyoq kiyimlariga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi (foto)