17:10 / 05.02.2019
4 832

«O‘zkimyosanoat» rahbari ishdan ketdi, uning o‘rnini Odil Temirov egalladi

«O‘zkimyosanoat» rahbari ishdan ketdi, uning o‘rnini Odil Temirov egalladi
Odil Shukurovich Temirov “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi telegram kanali.
Qayd etilishicha, ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Abduhoshim Abdullayev pensiyaga chiqishi munosabati bilan lavozimdan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 martdagi qarori bilan A.Abdullayev “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimiga tasdiqlangandi.
O.Temirov esa shu kunga qadar “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Odil Temirov 1977 yilda tug‘ilgan. Toshkent kimyo texnologiyalari institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini “Sho‘rtangaz” gaz-sanoat boshqarmasi kondensatni barqarorlashtirish sexi kuzatuvchiligidan boshlagan. Turli yillarda “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” korxonasi, “O‘zbekiston GTL” MChJ qo‘shma korxonasida ishlagan. 2015 yildan beri - “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining chuqur qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati — O‘zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona komil korporativ tizim.

Jamiyat kimyo korxonalarining ishlab chiqarish, innovatsion va marketing dasturlarini tuzadi va amalga oshiradi, hamda shular orqali ham kimyo sohasining barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Uning tarkibiga 14 sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutlari kiradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zkimyosanoat» rahbari ishdan ketdi, uning o‘rnini Odil Temirov egalladi