09:51 / 06.02.2019
4 502

O‘zbekistonda 2022 yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2022 yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.
Farmonda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi.

Quyidagilar:
- O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasi;
- O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Quyidagilar:
- O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar tashkil etiladi, ularning namunaviy tarkibi tasdiqlanadi.

Belgilab qo‘yilishicha:
a) O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

- aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
- aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga vakolatli organ hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;
- aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini nazorat qilish;
- aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish, materiallarni qayta ishlashni tashkil etish va yakuniy natijalarni e’lon qilish masalalari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
- aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda ishtirok etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarni, ularning mehnatiga haq to‘lash masalalarini hal qilgan holda, jalb etishni tashkil etish;
- tashkilotlarni, ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarga, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish va hamkorlik samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga jalb qilish masalalarini ko‘rib chiqish;

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

- hududlarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishlarni aniq chora-tadbirlar va mas’ul ijrochilarni ko‘rsatgan holda tashkil etish;
- hududlarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organ hududiy bo‘linmalarini va bu jarayonga jalb qilingan boshqa tashkilotlarni moddiy-texnik ta’minlanganligini mustahkamlash masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- hududlarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha kompleks ishlar bajarilishini nazorat qilish;
- hududlarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish hamda ishtirok etganlarni rag‘batlantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

- aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning maqsadlari, tartibi, davri va muddatlari;
- ilg‘or xorijiy amaliyotda qabul qilingan zamonaviy texnologiya va uslubiyotlar asosida aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish;
- aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ishtiroki, ularning vazifalari, funksiyalari hamda javobgarligini ko‘rsatish;
- aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda jismoniy hamda yuridik shaxslarning ishtiroki, ular mehnatiga haq to‘lashning aniq mexanizmlari va manbalarini belgilash;
- aholini ro‘yxatga olish yakunlarini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-amaliy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 2022 yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi