Mahbuslar qamoqdan qochdi va Toshkentda bosqinchilik qildi (video)

  • 06 fevral 2019, 15:18
  • 7 841
  • Jamiyat
  • Mahbuslar qamoqdan qochdi va Toshkentda bosqinchilik qildi (video)
    Poytaxtimizda yashovchi fuqarolarning mol-mulkiga niqoblangan shaxslar hujum qildi. Bosqinchilar jabrlanuvchilarning uylariga tomdan oshib tushib, ularga nisbatan zoʻrlik ishlatib, ogʻzilarini skotchlab, qoʻl oyoqlarini bogʻlab, oʻgʻirlik sodir etishadi va voqea joyidan qochib ketishadi.

    “Zamon” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, oradan koʻp oʻtmay, jinoyatchilar qoʻlga olingan. Ushbu jinoyatni Olmaliq shahridagi jazoni oʻtash muassasasidan qochib ketgan toʻrt nafar mahbus sodir etganlikda ayblanib sudlangan. Qayd etilishicha, muqaddam qasddan odam oʻldirish, bosqinchilik sodir etish va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topilib qamalgan shaxslar jazoni oʻtash muassasasidan qochib, yana ogʻir jinoyatlar sodir etishgan.

    Jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tumani sudi hukmi bilan ular oʻta xavfli retsidevistlar deb topildi va ularga 15 yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtashi belgilandi.

    » » Mahbuslar qamoqdan qochdi va Toshkentda bosqinchilik qildi (video)