19:45 / 06.02.2019
9 875

O‘zbekistonlik terrorchi kallakesar ayol 20 yil deganda vatanga qaytarildi…

O‘zbekistonlik terrorchi kallakesar ayol 20 yil deganda vatanga qaytarildi…
U xorazmlik Zumrad Olloberganova bo‘lib, 1997-2018 yillar oralig‘ida jangari kallakesarlarga xizmat qilgan.

O‘zining hikoya qilishiga qaraganda, 1997 yili erining va’dalariga ishonib, O‘zbekistondan chiqib ketgan va «O‘zbekiston Islom harakati» jangari kallakesarlar guruhi lageriga borgan. U yerda 1997-2018 yillar oralig‘ida dunyoda taqiqlangan jangari kallakesarlar guruhi tarkibida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, ularga xizmat qilgan. Terror harakatlarida ishtirok etish niyatida Tojikiston, Afg‘oniston hamda Pokiston davlatlariga borgan.

Dahshatlisi, bu xom sut emgan ayol o‘g‘li Muhammadyoqub Ollamovni ham terror guruhiga jalb etgan. Unga jangarilar sodir etgan qabihliklar, vahshiyliklarni kamera yordamida suratga olish, keyin materiallarni internetga joylash, shu yo‘l bilan yangi-yangi odamlarni terror guruhi a’zoligiga da’vat etish vazifasi yuklangan.

Afsuski, Muhammadyoqub hali juda yosh bo‘la turib Pokistondagi hukumat armiyasiga qarshi janglarda halok bo‘ldi.

Zumradning eri Norbek Ollamov 1999 yili jangari kallakesarlar tarkibida Angren shahrida bosqin uyushtirishga urinish chog‘ida yo‘q qilindi. Zumrad Olloberganova esa 2000 yili boshqa bir jangari Baxtiyor Navro‘zmatovga nikohlab berildi va Sumayyo ismli qiz farzandni dunyoga keltirdi.

Shundan keyin Zumrad boshqa jangari ayollar qatori Janubiy Vaziriston (Pokiston) dagi Van qishlog‘iga yuborildi. Bu yerda jangari ayol Sojida degan qizini tug‘di. Ammo bu qishloqdagi hayot Zumrad uchun ham, uning bolalari uchun ham juda qiyin kecha boshladi. Shundagina ayol terrorchi vatanfurushlarning niyati qora ekanini payqab qoldi. Kech bo‘lsa-da, ko‘zi moshdek ochilib, qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, vatanga qaytish chorasini izlay boshladi. Shu maqsadda qarindoshlari bilan bog‘landi. Shundan so‘ng yana uning hayotida ayanchli va og‘ir kunlar boshlandi. Janglar, qochqinlar, haqoratlar, kamsitishlar va hokazo…

— Biz 2015 yili xuddi shu guruh bilan birga Afg‘onistonga qaytdik, — deydi Zumrad. — Kim vatanga qaytish haqida bilib-bilmay gapirib qo‘ysa, tamom, o‘sha zahoti otib tashlashardi. Yoki bolalarini tortib olishardi. Xudoga shukr, biz bolalarim bilan Afg‘onistondagi O‘zbekiston konsulligiga murojaat etib, tavba qilishimizni bayon etdik…

Vatanga muvaffaqiyatli ravishda o‘tib olgan Zumrad Olloberganova allaqachon qanchalar jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganini anglab yetgandi. Endi jamiyatga qaytishi qolgandi xolos.

Faqat odam bolasi yo‘l qo‘ygan xatolarini chin ko‘ngildan tan olib tavba qilsa-da, respublikada adolatli qonunlar hukm suradi. Zumrad Olloberganovaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, bu ish sudda ko‘rib chiqildi. Sudda ayolning tavbasi, olti nafar farzandning onasi ekani, respublika xotin-qizlar qo‘mitasi tarafidan taqdim etilgan kafolat xati hisobga olinib, Zumrad Olloberganovaga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik terrorchi kallakesar ayol 20 yil deganda vatanga qaytarildi…