23:00 / 06.02.2019
7 440

Psixolog nima sababdan o‘smir qizlar uydan qochib ketishlarini ma’lum qildi

Psixolog nima sababdan o‘smir qizlar uydan qochib ketishlarini ma’lum qildi
Psixolog Eldor Akbutin o‘smir qizlarning uydan qochib ketish sabablarini sanab o‘tdi va tegishli maslahatlarni berdi.
U so‘nggi paytlarda unga uyidan qochib ketayotgan o‘smir qizlarning onalari murojaat qilishayotganini ma’lum qildi.

“Bolalar 2-3 kun, ba’zida esa bir-ikki haftalab yo‘qolib qolishadi. Shunday holatlar ham bo‘ladiki, qarindoshlarning militsiyaga murojaat qilishlariga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha bunday oilalarda ona, kam hollar esa ota bo‘lmaydi. Ro‘zg‘orning barcha tashvishi va bolalar tarbiyasi bilan yolg‘iz shug‘ullanishdan boshqa iloj qolmaydi”, - deydi Akbutin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘smir qizlarni qochib ketishi ota-onani g‘azabga keltiradi. Ona o‘smirning qiziqishlari va ehtiyojlarini nazarga olmay, o‘zini agressiv tarzda tuta boshlaydi.

“Nima sababdan bola qochib ketayotganini aniqlash o‘ta muhimdir. Bu yerda bir necha sabablar bo‘lishi mumkin. Shu sabablardan biri - diktatura”. Ona juda qattiqqo‘l bo‘lib, farzandining mustaqil shaxs ekanligini tan olmaydi. O‘smirning onasiga irodasi, qaror qabul qilish huquqi borligini isbotlash maqsadida uydan qochib ketishdan boshqa chorasi qolmaydi. U chegaralarini kuchliroq himoyalagan sari, onasi ham kuchliroq bosim o‘tkazadi. Shunda bola meni yaxshi ko‘rmaydilar va tushunmaydilar, deb hisoblaydi”, - dedi psixolog.

Psixolog so‘zlariga ko‘ra, agar o‘smir qochgan ketgan bo‘lsa, vaziyat og‘irlashgan va bu tashqi belgi, xolos.

“Hozir ham ba’zi narsalarni tuzatish mumkin. Tan olish kerakki, bola allaqachon ulg‘aygan. Axir, bola aynan shuni isbot qilish va ko‘rsatishga urinmoqda. Shuningdek, xulq-atvor va muomilani o‘zgartirish lozim. Tasavvur qiling, qizingiz 25 yoshda va u oila qurishi, farzand ko‘rishi, biror joyga ketishi va hokazolar qilishi mumkin. Ya’ni u shaxs sifatida shakllangan, sizning oldingizda o‘z xarakteriga ega bo‘lgan inson turibdi va uni o‘zgartirishni iloji yo‘q. Shuni yodda tutish muhimki, qo‘lingizdan keladigan ishni siz taxminan 10-12 yoshgacha qilib bo‘lgansiz. Qiz keyinchalik deyarli o‘z yo‘lida davom etadi. Onaning roli qizi qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish va do‘stlik munosabatlarini saqlashga urinishdan iborat bo‘ladi. Axir, o‘shandagina qiz xursandchiligini baham ko‘rish yoki unga yordamingiz va daldangiz kerak bo‘lganda yoningizga kelishi mumkin”, - deydi Akbutin.

U ona yoki ota o‘z hukmronligini o‘rnatishda davom etsa, bu bolani yiroqlashtirib, qolgan munosabatlarga putur yetkazishini ta’kidlab o‘tdi.

“O‘smir nima xohlashini anglashga va o‘zaro kelishuv erishish yo‘llarini topishga harakat qiling. 3-5 yil o‘tib, qiz ulg‘ayishi va uni umuman to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmasligini bilish muhimdir. O‘shanda siz uning hayotini bari bir nazorat qila olmaysiz, biroq, shu bilan birga uning ishonch va mehr-muhabbatidan ayrilib qolasiz”, - dedi psixolog.

U agar bu tavsiyalarni qo‘llash yordam bermasa, ehtimol, muammoni hal etishda tajribali psixolog ko‘magi lozim bo‘lishini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Psixolog nima sababdan o‘smir qizlar uydan qochib ketishlarini ma’lum qildi