10:03 / 07.02.2019
9 831

Turk seriallari ortidagi haqiqatlar...

Turk seriallari ortidagi haqiqatlar...
Pastkashlik, razillik, makr-hiylalar, hasad va ko‘rolmaslik, birovning ustidan bosib o‘tib, o‘z manfaatiga erishish, o‘zgalar nomidan yolg‘on-yashiq gaplar to‘qib, birovnikini o‘ziniki qilib olishga urinish aslida ayol kishiga nisbatan ham harom va manfur ish hisoblanadi. O‘zini zarracha hurmat qilmaydigan kimsalargina bunday balchiqqa bulg‘anishdan or qilmaydilar. Ammo, bu sanaganlarimiz erkak kishilarda bo‘lsa, insonning o‘lgani yaxshi bo‘lib qolar ekan. Chunki, bu holatni ko‘rib ham kishining yuragi nafratdan yorilib ketay deydi.

Men tushunmaydiganim, turk seriallarida xuddi shu razolatlar oddiy holatdek ko‘rsatiladi. Odamlar ikki xil olamda yashaydilar. Ularning zohiri yolg‘on va makr-hiylalardan iborat. Yana bu ishlar erkagu ayol tomonidan bab-barobar amalga oshiriladi. Rejissyorlar yo kasal yoki ko‘pchilik ko‘klarga ko‘taradigan bu yurtdagi maishiy ahvol, ichki holat rostdan ham shunday tubanlashib ketgan. Alloh taologa hamdlar bulsinki, hali bunday razolat bizning yurtlarda bu qadar urchimagan. Bo‘lsa ham faqat ba’zi xotinlar orasida bo‘lishi mumkin, erkaklar orasida emas. Mutaassiblik emas biroq, odamlarimizning fitrati ancha tozaroq, menimcha.
Alisher SULTONXO‘JAYeV

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turk seriallari ortidagi haqiqatlar...