19:25 / 07.02.2019
5 359

O‘zbek kinosi rejissyorlaridan biri bir guruh yigitlarni chuv tushirdi (video)

O‘zbek kinosi rejissyorlaridan biri bir guruh yigitlarni chuv tushirdi (video)
Bu hayotda yolg‘onchi firibgarlar ko‘pmi yo aldanishga moyil insonlarmi? Bu hammamiz uchun jumboq.

Samarqandda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan, “Yaralangan qalb” va “Taqddir sinovi” filmlari bilan tanilgan 28 yoshli rejissyor firibgarlik yo‘li bilan bir guruh yigitlarning pullarini olib chuv tushirdi.

U o‘zini O‘zbekiston Yoshlar ittifoqida rejissyor ham aktyor deb tanishtirib kasting e’lon qiladi. Aslida rejissyorda “O‘zbekkino milliy agentligi”dan ruxsatnoma ham bo‘lmagan. «Zamon» informatsion dasturida berilgan videolavhada Pastdarg‘om tumani, Juma shahridagi “Madaniyat uyi” binosiga osilgan 7 yoshdan 70 yoshgacha tomoshabinlarga mo‘ljallangan o‘tkir syujetli “Qabr” filmiga kinokasting deb yozilgan e’lon tumanda yashovchi, aktyorlikka qiziquvchi ko‘pchilikning e’tiborini tortadi. Rejissyor esa ularning ishonchiga kirib, Adham Pardayevdan 800.000 so‘m, Shuhrat Shukurullayevdan 1.000.000 so‘m, Bobosher Bekmurodovdan 700.000 so‘m miqdordagi pullarni jami 11 nafar yigitlardan shartnomasiz oladi va filmda qatnashishini va’da qiladi. Pullarni esa o‘z ehtiyojiga sarflab yuboradi.

Qolaversa, gumondor bu harakatini takroran davom ettirib, Bobur Gulmurodovga o‘sha o‘tkir syujetli “Qabr” filmida bosh rolda ishtirok etishini va’da qilib, undan 900 AQSh dollarni olib ishlatib yuboradi.

Bu vaqtda Boburning mahalladoshi "Beklar" mahallasida yashovchi Shaxzod Islomovga ham bosh rolni va aktyor sifatida Hindiston davlatiga olib borib film sur’atga olishni va’da qilib, evaziga 4800 AQSh dollari berishini aytib, undan jami 1.200 AQSh dollarni olib, qolgan pulni tez kunda topib kelishini tayinlaydi.

2018 yil 31 yanvar kuni soat 16.20larda Pastdarg‘om tuman Juma shahridagi istirohat bog‘ida rejissyorning ssenariysi amalga oshmay qoladi. Shaxzod Islomovdan qolgan 1000 AQSh dollari olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.

Yuqoridagi xatti-harakatlari uchun rejissyorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
VIDEO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbek kinosi rejissyorlaridan biri bir guruh yigitlarni chuv tushirdi (video)