2018 yil 12 noyabrdagi PF-5574-sonli Prezident Farmoni bilan 2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanib, dam olish kunlari ko‘chirilgan edi.
Mazkur farmon asosida mart oyida ham ko‘chirilgan dam olish kuni mavjudligini hisobga olib, amaliyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida ushbu masala yuzasidan qisqacha sharh berib o‘tiladi.
Eng avvalo, haftadagi ish kunlari soni dam olish kunlariga ta’sir qilishini unutmaslik kerak. Ya’ni, 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar mart oyida 13 kun dam olishadi, haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar esa martda 8 kun dam olishadi.
Masalan, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni haftaning juma kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, 5 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi.
Endi Navro‘z bayrami arafasidagi dam olish kunlariga kelsak. Bunda ham 5 va 6 kunlik ish haftasidagilar uchun dam olish kunlari farqlanishiga guvoh bo‘lamiz.
Haftasiga 5️ kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar (4 kun ketma-ket) dam olish kuni hisoblanadi:
21 mart – payshanba (Navro‘z bayrami);
22 mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);
23 mart – shanba;
24 mart – yakshanba.
Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
21 mart – payshanba (Navro‘z bayrami);
22 mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);
24 mart – yakshanba.
Izoh: haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar 23 mart (shanba) kuni ishga chiqishlari lozim. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi