23:30 / 07.02.2019
6 627

Moliya instituti oʻqituvchisi nima uchun auditoriyadagi kuzatuv kamerasini yopib qoʻygandi? (video)

Moliya instituti oʻqituvchisi nima uchun auditoriyadagi kuzatuv kamerasini yopib qoʻygandi? (video)
Yanvar oyi oxirida internetda Toshkent Moliya instituti oʻqituvchisi auditoriyadagi kuzatuv kamerasini berkitishga urinayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Bu video internet foydalanuvchilari orasida muhokamalarga sabab boʻldi.

Xoʻsh, nima sababdan ushbu oʻqituvchi kamerani yopishga harakat qilgandi?

Kun.uz nashri holat yuzasidan izoh olish maqsadida oliygoh maʼmuriyati bilan bogʻlandi. Maʼlum boʻlishicha, videodagi oʻqituvchi “Buxgalteriya iqtisodiyoti” kafedrasi oʻqituvchisi Jumayev P. boʻlgan.

“Bu voqea aslida 2018 yilning dekabr oyida sodir boʻlgan edi. Biroq video internetda ayni sessiya vaqti tarqalgani uchun turli taxminlar va salbiy fikrlar uygʻondi. Biz ushbu masalaning sababini bilish maqsadida domlaning oʻzi bilan gaplashdik. Maʼlum boʻlishicha, bu domla avvalgi maʼruzalari kuzatuv kamerasi orqali yozib olinib, yigʻilishlarda muhokama va tahlil qilinganligi sababli u navbatdagi darsi yozilishini istamagan va kamerani yopib qoʻygan. U hech kimdan pora olish yoki qandaydir nomaqbul ishlarni amalga oshirish niyatida boʻlmagan. Shuningdek, bu video tarmoqlardagi foydalanuvchilar izohlaridagi kabi imtihon vaqtida suratga olinmagan. Buni auditoriyada oʻtirgan talabalarning soni koʻpligidan ham bilish qiyin emas. Hech kim bunday holatda talabadan pora talab qilmaydi”, deya qayd etdi institut prorektori Shuhrat Muhammedov.

Maʼlum qilinishicha, kuzatuv kameralari institutda rahbariyat tomonidan oʻquv jarayonlarini kuzatib borish va bevosita tahlil qilish uchun barcha auditoriyalarga oʻrnatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moliya instituti oʻqituvchisi nima uchun auditoriyadagi kuzatuv kamerasini yopib qoʻygandi? (video)