6 507
Bosh prokuratura O‘zbekistonda kazino tashkillashtirilishi haqidagi xabarga oydinlik kiritdi
Investorlar tomonidan Qoraqolpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida kazino (o‘yin biznesi)ni tashkil qilish masalasi bo‘yicha takliflar berilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.
«Mo‘ynoq hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish nuqtayi nazaridan investorlar tomonidan ko‘plab investitsion loyihalar taklif etilmoqda. Bosh prokuratura tegishli vazirlik va idoralar bilan ushbu takliflarni o‘rganmoqda. Kazino (o‘yin biznesi) masalasi bo‘yicha ham takliflar kelib tushgan, uni amalga oshirish ehtimolining barcha aspektlari o‘rganib chiqilmoqda», – deydi Surayyo Rahmonova.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda kazino faoliyati qonun bilan taqiqlangan.
Bundan avval, hozirgi vaqtda tegishli normativ akt tayyorlash bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan ishlar olib borilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi