15:25 / 08.02.2019
8 833

Sayyora Rashidova otasi va Islom Karimov haqida (video)

Sayyora Rashidova otasi va Islom Karimov haqida (video)
Islom Karimov Fondi vakillari Sharof Rashidovning qizi Sayyora Rashidova bilan intervyu tashkillashtirishdi.

Sayyora Rashidova intervyu davomida otasining nomi oqlanishi, Islom Karimov bilan 1991 yildagi ilk uchrashuvi, Ombudsmen lavozimidagi faoliyati hamda padari buzrukvori xususidagi shaxsiy xotiralari haqida gapirgan.

“Oilamiz taʼqib ostida edi. Islom Abdugʻaniyevich hokimiyatga kelgach, avvalo, nafaqat mening otam, balki butun xalqning nomini oqlashga bel bogʻladi. Kommunistik partiya hukmronligi davrida Oʻzbekistonning pok nomini tiklashga kirishmoq uchun ulkan jasorat sohibi boʻlish lozim edi. Islom Karimov yurtdoshlarimizga inson oʻz Vatani uchun sidqidildan mehnat qilsa, xalqi uni aslo unutmasligini eslatdi”, - deb xotirlaydi Sayyora Rashidova.

Sharof Rashidov Oʻzbekiston SSRni 1959 yildan 1983 yilga qadar, 24 yil davomida boshqargan hamda respublika xalqining katta mehr-muhabbati va hurmatiga sazovor boʻlgan inson edi. Aynan Rashidov boshqaruvi davrida, Toshkent shahri 1966 yilda sodir boʻlgan vayronkor zilziladan soʻng qaytadan bunyod etilgan edi. Oʻtgan asrning 80-yillari oʻrtalarida “paxta ishi” yoki “oʻzbek ishi” deb atalgan uydirmalar oqibatida Sh.Rashidov nomi nohaq qoralanib, oʻsha mudhish yillarda minglab begunoh insonlar hibsga olingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sayyora Rashidova otasi va Islom Karimov haqida (video)