17:55 / 08.02.2019
5 510

Toshkent viloyatida bosqinchilar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida bosqinchilar qo‘lga olindi
2019 yil 7 fevral kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi korxona ishchisi Ch.H. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 3 fevral kuni soat 23:30larda 2 noma’lum shaxs yuzlariga niqob kiygan holda uning uyiga bostirib kirib, pul talab qilganini va tan jarohati yetkazib, 1 000 000 so‘m puli va 2 000 AQSh dollarini olib, voqea joyidan yashiringanliklarini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi N.M. (ayol), E.J., M.T., va K.G. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida bosqinchilar qo‘lga olindi