17:43 / 09.02.2019
5 143

TIV «Toshkent» xalqaro aeroporti tranzit zonasida bo‘lib turgan fuqaro haqida ma’lumot berdi

TIV «Toshkent» xalqaro aeroporti tranzit zonasida bo‘lib turgan fuqaro haqida ma’lumot berdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «Toshkent» xalqaro aeroportining tranzit zonasida bo‘lib turgan Ksyayman Xalimubiyeke haqida ma’lumot berdi.

«Ommaviy axborot vositalarining fuqaro Ksyayman Xalimubiyekening taqdiriga doir ko‘plab murojaatlari munosabati bilan shuni ma’lum qilamizki, u mamlakatimizga Qozog‘istondan kelgan va «Toshkent» xalqaro aeroportining tranzit zonasida bo‘lib turgan. U O‘zbekiston hududiga kirmadi va 2019 yil 9 fevral kuni Bangkok shahriga uchib ketdi», - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, avvalroq u Tailanddan tranzit bilan Toshkent orqali Olmaota shahriga borgan edi.
8 fevral kuni Qozog‘istondagi jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlarda etnik qozoq K.Xalimubiyekega Toshkent aeroportidan deportatsiya qilish tahdid solayotgani haqida xabar berishgandi.

Manbalar xabariga ko‘ra, «Xitoyda tug‘ilgan etnik qozoq Xitoydan qochib, Toshkent aeroportida bo‘lgan. Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi uni Xitoyga qaytarish niyatida edi», deya qayd etgan Qozog‘istonning «Atajurt» inson huquqlari tashkiloti yetakchisi ijtimoiy tarmoqlarda.

«Agar O‘zbekiston hukumati uni Xitoyga qaytarib yuborsa, u kamida 20 yilga ozodlikdan mahrum etilishi yoki o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin», - deya yozgan huquq himoyachisi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » TIV «Toshkent» xalqaro aeroporti tranzit zonasida bo‘lib turgan fuqaro haqida ma’lumot berdi