06:00 / 10.02.2019
5 253

TIV Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

TIV Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llayotgan murojaatlari munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qildi:

«O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mehnat migratsiyasida bo‘lib turgan va chet elda vafot etgan vatandoshlar jasadini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz bunday holatlarga tushib qolganligi va yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Rossiya Federatsiyasidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Vakolatxonasiga yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

Ma’lumot uchun:
- Rossiya Federatsiyasidagi manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 (1-y Kazachiy pereulok, 11/2). Murojaat uchun telefon raqami: +7-903-507-76-67.
- O‘zbekiston Respublikasida manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 1-uy. Murojaat uchun telefon raqami: +998-71-202-33-55 (ichki raqam: 16, 17). Telegram kanali: @migration_uz», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » TIV Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi