14:33 / 11.02.2019
9 193

Ixtiyor Abdullayev DXX raisi lavozimidan ketdi

Ixtiyor Abdullayev DXX raisi lavozimidan ketdi
Ixtiyor Abdullayev Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimini tark etdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, I.Abdullayev salomatligi tufayli Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etilgan.

Ixtiyor Abdullayev 1966 yilda 22 may kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. 2015 yil 21 apreldan 2018 yil 31 yanvarga qadar O‘zbekiston bosh prokurori lavozimida bo‘lgan. 2018 yil 31 yanvar kuni Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan.

O‘z navbatida, general-leytenant Abdusalom Abdumavlonovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan. Bu haqdagi ma’lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Abdusalom Abdumavlonovich Azizov

U avvalroq o‘z lavozimidan ozod etilgan Ixtiyor Abdullayev o‘rnini egalladi. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qurolli Kuchlar akademiyasida o‘tkazilgan yig‘ilish vaqtida bu haqda ma’lumot bergan.

Abdusalom Azizov 1960 yil 20 yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-2006 yy. - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2006-2006 yy. - „O‘zbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi raisi, 2006-2008 yy. - „O‘zneftmahsulot“ aksiyadorlik jamiyati raisi, 2008-2009 yy. - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti, 2009-2017 yy. — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2017-2017 yy. — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, 2017 yil 4 sentyabrdan — O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ixtiyor Abdullayev DXX raisi lavozimidan ketdi