17:53 / 11.02.2019
6 819

O‘zbekistonlik yosh tadqiqotchi: "Suv eshitadi, hatto o‘qiy oladi..."

O‘zbekistonlik yosh tadqiqotchi: "Suv eshitadi, hatto o‘qiy oladi..."
Biz tabiiy va maishiy ehtiyojlarimiz uchun ishlatadigan suv xayolimizga ham kelmagan mo‘’jizaviy xususiyatlarga ega aslida. U tirik organizm, eshitish, hattoki o‘qish xususiyatiga ega. “Ilg‘or texnologiyalar markazi”da bo‘lib o‘tgan “Ilm kechalari”da shu haqida so‘z bordi.

Suvning anomal xususiyatlari haqida taqdimot qilgan yosh tadqiqotchi Murodali Mamanazarov shunchaki vodorod va kislorod birikmasidan iborat bo‘lgan bu tabiat unsuri haqida hayratlanarli ma’lumotlar bilan tanishtirdi.

«Suv eshita olishi tadqiqotlarda tasdiqlangan. Oddiy muzlagan suv va musiqa eshittirib muzlatilgan suvning kristallari solishtirilganda musiqa ta’sirida muzlagan suvning kristallari juda chiroyli va nafis ko‘rinishga kelganini ko‘rish mumkin.

Suvning o‘qiy olishi haqida ham qarash mavjud. Ijobiy va salbiy so‘zlar yozilgan idishlarda muzlatilgan suvning ham kristallari bir-biridan farqlanishi kuzatilgan. Ya’ni ijobiy, yoqimli so‘zlarni «o‘qigan»​ suvning kristallari chiroyli, aniq simmetrik shaklga ega, «so‘kish eshitgan» ​ suv esa xunuk ko‘rinishga kelgan.

Ikkita bir xil idishdagi suvga guruch solib, biriga yoqimli so‘zlar, ikkinchisiga tanbehnamo so‘zlar bilan murojaat qilinganda, «​gap eshitgan» suvdagi guruchning qorayib qolganligi tajribalarda kuzatilgan.

Kimyoviy nuqtai nazardan, suv 92 darajada suyuqlanishi, 75 darajada esa qaynashi kerak. Ammo bilamizki, u 0 darajada muzlaydi va 100 darajada qaynaydi. Agar suv haqiqatda kimyo qonunlariga bo‘ysunganida, sayyoramizda suyuq holatdagi suvni uchratib bo‘lmas edi. Uni faqatgina bug‘ ko‘rinishda uchratgan bo‘lardik.

Suv muzlaganda zichligi kamayadigan yaona suyuqlik hisoblanadi. Ahamiyat qaratgan bo‘lsangiz, suvning ustki yuzasi muzlasa, bu muz cho‘kmaydi, suvning yuzasida qalqib turadi. Chunki u suyuq holatdagi suvga qaraganda yengil. Uning bu xususiyati esa suv havzalarida sovuq ob-havoda suvning mutlaqo muzlab, undagi hayvonot olami ziyon ko‘rmasligini ta’minlaydi» ​.

Shuningdek, tadbirda antibiotiklarning salomatlikka ta’siri, kariyesdan himoyalanish uchun nimalar qilish kerakligi, ayollarda onkologik kasalliklarning psixoemotsional xususiyatlari haqida ham chiqishlar qilindi. Doimiy ravishda o‘tkaziladigan bu loyihaning maqsadi ham barcha uchun kerakli mavzularni ommabop tarzda tushuntirishdan iborat.

«Chexiyada shunday odat bor: odamlar haftaning kelishilgan kunida bir joyda yig‘ilib, turli mavzularda chiqishlar, muhokamalar qilishadi. Biz esa bu g‘oyani sal o‘zgartirdik. «Ilm kechalari»​ nomli loyiha doirasida fan ixlosmandlari turli ilmiy-ommabop mavzularda qisqa chiqishlar qilishadi, ko‘ngillilar kelib bemalol tinglashlari mumkin. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad aslida murakkabdek tuyuladigan ilm-fanni ommalashtirish, aholiga sodda til bilan tushuntirib berish, qiziqarli va foydali bilimlar omborini yaratish.

Hayotimizda turli elementar bilimlarga tez-tez ehtiyoj sezamiz. Lekin u haqidagi axborot internetda asosan chet tillarida chiqib keladi. Bilimlarning o‘zbek kontentini boyitishni rejalashtirganmiz», — deydi loyiha tashkilotchilaridan biri Otabek Jo‘rayev.

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi Mageek Science sahifasida mazkur loyiha keyingi tadbirlarining qachon o‘tkazilishi, qanday mavzularda so‘z borishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Xoh ishtirokchi, xoh tinglovchi bo‘lib qatnashish imkoniyati barchada mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik yosh tadqiqotchi: "Suv eshitadi, hatto o‘qiy oladi..."