Otchopar-2 mahallasi yirik biznes markazga aylanmoqda, hudud aholisi koʻchiriladi

  • 12 fevral 2019, 10:00
  • 2 049
  • Jamiyat
  • Otchopar-2 mahallasi yirik biznes markazga aylanmoqda, hudud aholisi koʻchiriladi
    Toshkent shahri Yunusobod tumani Otchopar-2 mahallasida yangi biznes markazi quriladi. Bu haqda Yunusabad Business Cityʻda vaqtinchalik direktor vazifasini bajaruvchi Umid Umarov maʼlum qilgan.

    “Aholini joylashtirish boʻyicha harakat rejasini boshladik. Zamonaviy uy–joylarni barpo etish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda”, – degan Umid Umarov “BUSINESS CITY” loyihalarining taqdimoti vaqtida.

    Kun.uz nashri xabar qilishicha, mahalliy aholiga ikki hududdagi turar-joylar taklif etiladi. Ular Sergeli tumanidagi yangi koʻp qavatli xonadonlarga yoki Yunusobod tumanidagi 20 gektar maydonli turar-joyga koʻchishlari mumkin boʻladi.

    Otchopar-2 mahallasida odatiy ikki qavatli kottej uylar barpo etiladi. Shuningdek, uyning oʻrniga kompensatsiya toʻlovini ham qabul qilish mumkin.

    Yunusabad Business City 45,5 gektar maydonda qurilishi rejalashtirilgan. U savdo majmualari, biznes ofislari, koʻngilochar bogʻlar, turar-joylar va boshqa obyektlardan iborat boʻladi.

    Boshlangʻich hisob-kitoblarga koʻra, loyiha qiymati 500 million dollarni tashkil etib, u 2019-2023 yillar davomida amalga oshiriladi.

    » » Otchopar-2 mahallasi yirik biznes markazga aylanmoqda, hudud aholisi koʻchiriladi