14:15 / 12.02.2019
10 667

Zoyir Mirzayev yana bir lavozimdan iste’foga chiqdi

Zoyir Mirzayev yana bir lavozimdan iste’foga chiqdi
Feruz Abdullayev O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasida vaqtida tashkilotning yangi raisi etib saylandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan nomzod sifatida ko‘rsatilgan Abdullayevni qo‘llab-quvvatlagan. Shu tariqa, Feruz Abdullayev O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining yangi raisiga aylangan. Abdullayev bu lavozimga sobiq Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev o‘rniga tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Feruz Abdullayev 1976 yilda Samarqandda tavallud topgan. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib keladi. GoSport.uz ma’lumotlariga ko‘ra, Abdullayev Samarqanddagi eng yirik gilam ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri SAG (Sam Antep Gilam) kompaniyasi rahbari sanaladi.

Foto: MOQ

“Bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu sport men uchun begona emas. Mamlakatimizda ot sporti so‘nggi 5-6 yilda rivojlandi deya olaman. Nasib qilsa, birgalikda harakat qilamiz va mazkur sport turini yanada rivojlantiramiz. Boshqa viloyatlarda ham ot sporti yo‘nalishlarini kuchaytiramiz”, – dedi Feruz Abdullayev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 29 oktyabr kuni barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday shakl va ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi javobgarligini oshirish to‘g‘risida farmoniga muvofiq, g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois Zoyir Mirzayev Zoyir Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etilgandi.

Oradan 10 kun vaqt o‘tib, Mirzayev Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani hokimi etib tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zoyir Mirzayev yana bir lavozimdan iste’foga chiqdi