5 038
Toshkentda «tungi ko‘ngilocharlik»da qatnashgan 14 ta avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi (video)
10 fevral kuni Ucell ma’muriy binosi qarshisidagi avtoturargohda uyushtirilgan “tungi ko‘ngilocharlikda” ishtirok etgan 14 ta avtotransport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu avtomobillarning haydovchilariga nisbatan turli xil qoidabuzarliklar uchun ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilgan.
Ulardan 5 nafarida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta polisi bo‘lmagan, 4 nafar haydovchining avtomobillari oynalari tegishli ruxsatsiz qoraytirilgan edi, 2 nafar haydovchi avtomobillarida shovqinni pasaytiradigan moslama (maxsus “sport” turi) o‘rnatgan, yana biri boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga ega bo‘lmagan, boshqasida haydovchilik guvohnomasi va taloni yo‘q, yana bir haydovchida transport vositasining pasporti bo‘lmagan.
Shuningdek, “Spark” va boshqa avtomobillar haydovchilari drifting bilan “ko‘ngilocharlik” qilayotganliklari aks etgan video taqdim etildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi