Oʻzbekistonlik qiz goʻzallik tanlovi sovrindori boʻldi (video)

  • 12 fevral 2019, 17:45
  • 3 986
  • Jamiyat
  • Oʻzbekistonlik qiz goʻzallik tanlovi sovrindori boʻldi (video)
    Foto: Tamila Sparrow/Facebook.
    Oʻzbekistonlik fotomodel Tamila Xoʻjayeva “Miss Global International-2018” goʻzallik tanlovida ikkinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida lavha berildi.

    Filippinda yolgʻiz onalar oʻrtasida “Miss Global International-2018” goʻzallik tanlovi boʻlib oʻtdi. Dunyoning turli mamlakatlaridan 50 dan ortiq nomzod ishtirok etgan tanlovda birinchi oʻrin 23 yoshli amerikalik Pamela Urbinaga nasib qildi. Ikkinchi oʻrin oʻzbekistonlik Tamila Xoʻjayevaga nasib etdi.

    » » Oʻzbekistonlik qiz goʻzallik tanlovi sovrindori boʻldi (video)