11:24 / 13.02.2019
5 923

Rossiyada pul topish rostdan ham oson (mi?)

Rossiyada pul topish rostdan ham oson (mi?)
Ijtimoiy tarmoqda Rossiyada mehnat qiladigan oʻzbekistonlik muhojirlar ishtirokidagi hazil videorolik tarqaldi. Unda bosh qahramon – Sankt-Peterburg shahrida qor kurayotgan yigit Rossiyada pul topish “juda oson” ekanligini koʻrsatadi.

Yigitning aytishicha, bu yerda pullar qor ostida yotadi. “Rossiyada mehnat qilib yuribmiz. Bu yerda pul topish juda oson. Qishda qor kuraymiz, yozda barglarni toʻplaymiz – qor va barglar orasidan pullarni terib olamiz. Rossiyada pul topish osonligini bu yerga kelmaganlar bilmaydi”, deydi u.

U buning isboti sifatida qorni bir chetga otish asnosida qor orasidan chiqayotgan pullarni terib oladi.

Videorolik yakunida u boshqalarni ham ishlagani kelishga taklif qilarkan, qor qancha qalin boʻlsa pul ham shuncha koʻp boʻlishini, yozda esa yanada oson boʻlishini qoʻshib qoʻyadi.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasida koʻcha tozalovchi boʻlib ishlovchi va tomdan qor kurayotganida yiqilib vafot etgan fuqarolardan birining qarindoshining Prezidentga murojaati ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan edi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Shundan soʻng Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamentining bildirishi vazirlik rasmiy saytida eʼlon qilindi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining 2018 yil yozdagi hisob-kitoblariga koʻra, 2017 yilda Oʻzbekistonning 3,1 milliondan ortiq fuqarosi migratsion roʻyxatga qoʻyilgan.

Ayni paytda Rossiyada 10 milliondan ortiq xorijlik fuqarolar bor. Ilk uchlikka Ukraina, Oʻzbekiston (taxminan 20%) va Tojikiston (11,3%) fuqarolari kiradi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada pul topish rostdan ham oson (mi?)