Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, “Raqobat to‘g‘risida” yangi tahrirdagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun normalarini birlashtirish;
- davlat tomonidan tartibga solinadigan faoliyat sohalarini qisqartirish maqsadida tabiiy monopoliya sohalari ro‘yxatini keskin qayta ko‘rib chiqish;
- monopoliyaga qarshi kurashish mexanizmini takomillashtirish;
- monopolist korxonalar bilan birga bir xilda tabiiy monopoliya sub’ektlariga nisbatan tegishli choralarni ko‘rish;
- intellektual mulk huquqlarini va monopoliyaga qarshi faoliyat huquqlarining muvozanatini ta’minlash;
- axborot tizimlari bozorini tartibga solish xususiyatlari.
Bildirilishicha, qonun loyihasini qabul qilish tabiiy monopoliyalar sohasida tartibga solishni kuchaytirish, qonun buzilish holati uchun tabiiy monopoliya sub’ektlarining javobgarligini oshirish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobatni tartibga solishni ta’minlash imkonini beradi.
Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul ijrochilar - Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil 1 oktyabr, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil 1 noyabr. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi