11:56 / 15.02.2019
10 090

Parkentlik yigit rashk tufayli sevgan qizini 22 marta pichoqladi (video)

Parkentlik yigit rashk tufayli sevgan qizini 22 marta pichoqladi (video)
Parkentning Soʻqoq qishlogʻida yashovchi Dilshod N. oʻzi koʻngil qoʻygani Dilsora R.ning boshqa yigitga unashtirilishi ortidan qizni va uning boʻlajak turmush oʻrtogʻini pichoqladi. Qiz vafot etgan. Dilshod N.ga nisbatan esa Oʻzbekiston jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan.

“Sevimli” kanalining “Zamon” koʻrsatuvida aytilishicha, yigit qizga oshxona pichogʻi bilan 22 marta zarba bergan. Qizning boʻlajak turmush oʻrtogʻi ham jiddiy jarohat olgan.

Sudlanuvchining otasi Ziyodullo Ulugʻboyevning aytishicha, uning oʻgʻli qiz bilan 6-7 yildan beri yaqin aloqada boʻlib, gaplashib yurgan, lekin 5-6 marta marhumaning uyiga sovchilikka borib rad javobini olishgan. Marhumaning opasi Nilufar Hasanboyevaning taʼkidlashicha “yigitning axloqsizligi uchun” unga rad javobi berilgan.

Sud hukmi bilan ayblanuvchi 21 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazo umumiy tartibdagi koloniyada oʻtalishi belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Parkentlik yigit rashk tufayli sevgan qizini 22 marta pichoqladi (video)