06:27 / 16.02.2019
8 714

Qoʻqonda Milliy gvardiya xodimining nayrangi fosh boʻldi (video)

Qoʻqonda Milliy gvardiya xodimining nayrangi fosh boʻldi (video)
15 fevralda “Exo Uzbekistana” Telegram kanalida Milliy gvardiya xodimi ishtirokidagi video joylashtirildi, deb xabar berdi uz24.uz.

Videoda Qoʻqondagi koʻngilochar markazlaridan birida yuz bergan voqea aks etgan. Unda Milliy gvardiya xodimi karaoke-zalga kirib, u yerdagi divanda turgan yostiq ostiga pichoqni yashirib, soʻngra xonadan chiqib ketgani tasvirlangan. Keyinroq u ichki ishlar boʻlimi xodimlari bilan shu xonaga tekshiruv oʻtkazgani kirgan. Tintuv vaqtida yostiq ostida oʻsha pichoq aniqlangan va shundan keyin markaz egasiga sovuq qurolni saqlash ayblovi qoʻyilgan.

Nashr Milliy gvardiya matbuota xizmati boshligʻi Davron Jumanazarov bilan voqea tafsilotlarini aniqlashtirish maqsadida bogʻlangan. Jumanazarovning aytishicha, videodagi shaxs haqiqatan ularning xodimi hisoblanadi. Milliy gvardiya rahbariyati bu haqida xabardor qilingan.

Ayni vaqtda voqea yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. “Nayrangboz” xodimga nisbatan tegishli choralar qoʻllanadi. Jumanazarovning aytishicha, u Milliy gvardiya safidan chetlatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoʻqonda Milliy gvardiya xodimining nayrangi fosh boʻldi (video)