4 829
Toshkentda Bosh prokuratura xizmat mashinasi haydovchisi piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi
Toshkentda Bosh prokuratura boshqarmalaridan biriga qarashli xizmat mashinasi haydovchisi piyodani urib yuborishi oqibatida uning o‘limiga sabab bo‘ldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yanvarda Lacetti avtomobili haydovchisi Yashnobod tumanidagi Shahrisabz va Taraqqiyot ko‘chalari kesishmasidagi piyodalar o‘tish joyida mashinani to‘xtatmay, erkak piyodani urib yuborgan.
Piyoda Vestminster universitetining xodimi (1960 yilda tug‘ilgan) bo‘lgan. 29 yanvarda erkak olingan jarohatlar oqibatida shifoxonada jon bergan.
Voqea yuz bergan kuni, 24 yanvarda voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarining odam o‘limiga olib kelgan buzilishi) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuraturada ma’lum qilinishicha, tergov yakunlangan va jinoiy ish sudga yuborilish bosqichida turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi