2019 yil 13 fevral kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida vazirlik rahbari Sherzod Kudbiyevning Alshaya Group (Kuvayt) ijrochi direktori Muhammad Ash Shay bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusiga Alshaya Group kompaniyasi tarkibiy boʻlinmalarida Oʻzbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish istiqbollarini muhokama qilish aylandi.
Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Alshaya Group dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri boʻlib, u yetti sohada 4000dan ortiq doʻkonlarni boshqaradi. Kompaniya dunyoning 120 mamlakatidan 53 mingdan ortiq kishini ish bilan taʼminlaydi. Alshaya Group Yaqin sharq, Rossiya, Turkiya, Ozarboyjon, Qozogʻiston va Yevropaning bir qancha mamlakatlarida Starbucks, H&M, Mothercare, Debenhams, American Eagle Outfitters, P.F. Changʻs, The Cheesecake Factory, Victoriaʻs Secret, Boots, Pottery Barn, KidZ kabi brendlar franshizasini boshqaradi.
Uchrashuv doirasida Alshaya Group hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oʻrtasida memorandum imzolandi. U Oʻzbekiston fuqarolarini mazkur korxonada ishga joylashtirish istiqbollarini ochib beradi.
Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?