08:57 / 17.02.2019
9 954

“Zoʻr TV”ni oʻzbeklar mentalitetiga toʻgʻri kelmaydigan seriallar koʻrsatayotganlikda ayblashdi…

“Zoʻr TV”ni oʻzbeklar mentalitetiga toʻgʻri kelmaydigan seriallar koʻrsatayotganlikda ayblashdi…
Yaqinda fuqaro Elmurod Soliyev “Zoʻr TV” telekanali bosh muharriri bilan telefon orqali suhbatlashish jarayonida telekanal orqali koʻrsatilayotgan oʻzbeklar mentalitetiga umuman zid turk seriallari namoyishi toʻxtatilishini talab qildi. U seriallar misolida “Hovli” deb nomlangan turk kinoijodkorlari tarafidan yaratilgan serialni nazarda tutgan.

Talab doirasida Elmurod Soliyev agar talabi ado etilmasa, telekanal ustidan yuqori tashkilotlarga yozma ravishda shikoyat qilishini ham qistirib oʻtdi. Uning aytishicha, turk seriallari yosh avlod tarbiyasiga salbiy taʼsir oʻtkazib, ularni bosqinchilik, behayolik kabi illatlarga undayotgan ekan.

Telekanal bosh muharriri Elmurod Soliyevning talablariga hech qanday javob bermadi. Faqat keyinchalik “Hovli” serialining namoyish vaqtini oldinga surib qoʻyishdi xolos.

Manba: upl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Zoʻr TV”ni oʻzbeklar mentalitetiga toʻgʻri kelmaydigan seriallar koʻrsatayotganlikda ayblashdi…