16:53 / 19.02.2019
23 815

Ozoda Nursaidovaning yurak xurujiga sabab bo‘lgan "sir" ochildi...

Ozoda Nursaidovaning yurak xurujiga sabab bo‘lgan "sir" ochildi...
Bundan 10 kun avval xonanda Ozoda Nursaidovaning tobi qochib, yurak xastaligi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.
Endi ma’lum bo‘lishicha, xonandaning yurak xastaligi bilan shifoxonaga yotqizilishiga uning Yakkasaroy tumanida joylashgan va ayni damda istiqomat qilib kelayotgan uyining bir qismi buzib tashlanishi sabab bo‘lgan. Bu haqda uning singlisi Nilufar Nursaidova ma’lum qilgan.

Ozoda Nursaidova bu uyni 2004 yilda xarid qilgan. Shundan buyon muammolar davom etib kelayotgan edi. Yillar davomida Ozoda Nursaidovaning xonadoni orqa tarafida joylashgan davlat tashkiloti yerga egalik huquqini, ya’ni xonandaga tegishli uyning bir qismi davlat yeriga qurilgani va o‘zboshimchalik bilan egallab olinganini da’vo qilgan. Bo‘lib o‘tgan sud yig‘ilishlarida goh u taraf, goh bu tarafning qo‘li baland kelgan.

So‘nggi bor Ozoda Nursaidovaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq yangi kadastr hujjatlari taqdim etilgan va uyi buzilishiga nisbatan tahdid yo‘q bo‘lgan.

Ikki oy o‘tar o‘tmas, joriy yil boshida yana Nursaidovaning xonadoni buzilishi bilan bog‘liq mashmashalar boshlangan. Xonandaning qo‘lida hujjatlari bo‘lishiga qaramasdan, 2019 yilning 8 fevral kuni Yakkasaroy tumani MIB xodimlari va qator aloqador tashkilotlar vakillari ishtirokida ogohlantiruvsiz buzish ishlari boshlab yuborilgan. Buzish shu kuni soat 22:30 ga qadar davom etgan. Mazkur voqealar ortidan xonandaning ahvoli og‘irlashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Ozoda Nursaidova yashab turgan uyning ortidagi davlat yeri deb da’vo qilinayotgan yerlar allaqachon xususiylashtirilgan.
Xonandaning singlisi Nilufar Nursaidova qo‘lida barcha hujjatlar borligi va Prezident farmoniga asosan uyi 2018 yilning noyabr oyida qayta rasmiylashtirilishiga qaramasdan buzib tashlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ozoda Nursaidovaning yurak xurujiga sabab bo‘lgan "sir" ochildi...