21:15 / 19.02.2019
8 825

Bo‘ka tumani hokimi lavozimidan ketdi

Bo‘ka tumani hokimi lavozimidan ketdi
Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimi No‘’monali Izbosarov salomatligi bilan bog‘liq muammolar tufayli egallab turgan vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Izbosarov o‘rniga Bektemir Ibragimov Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Ibragimov 2010-2013 yillarda Toshkent viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, shundan keyin 2016 yilga qadar O‘rta Chirchiq tumani hokimi vazifasida ishlagan.

2018 yili 12 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Bo‘ka tumani hududidagi «Valixon ota» fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta terimini ko‘zdan kechirgandi. 13 oktyabr kuni Toshkent viloyati hokimi farmoyishi asosida 5ta tuman hokimi, xususan Bo‘ka tumani hokimi ham ikki oylik maoshlaridan mahrum qilingan.

Paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tufayli tuman IIB boshlig‘i Ixtiyor Hasanov ishdan olindi. Shu vaj bilan Bo‘ka tumani prokurori va Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham ishdan ketgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘ka tumani hokimi lavozimidan ketdi