15:43 / 21.02.2019
4 742

Shohjahon Ergashev O‘zbekistonda tantanali ravishda kutib olindi (foto)

Shohjahon Ergashev O‘zbekistonda tantanali ravishda kutib olindi (foto)
Xabaringiz bor, 15 fevral kuni (16 fevral tongida) professional bokschimiz Shohjahon Ergashev AQShda faoliyatidagi 16-jangni o‘tkazgandi. Mazkur bahsda hamyurtimizga amerikalik Maykl Foks raqiblik qilgan va 10 raundlik jangda Shohjahon ochkolar hisobiga g‘alaba qozongandi.

Bugun bokschimiz yurtimizga qaytib keldi. Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi vakillari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali ravishda kutib olishdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli Shohjahon Ergashev bungacha professional ringda 16 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal etgan. 14 ta jangda u raqiblarini nokautga uchratgan.

Shohjahon navbatdagi jangini katta ehtimol bilan shu yilning 13 aprel kuni o‘tkazadi. Biroq, bu haqida hali rasman e’lon qilinmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shohjahon Ergashev O‘zbekistonda tantanali ravishda kutib olindi (foto)