00:08 / 22.02.2019
13 064

O‘zbekiston poytaxtini Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish taklif qilindi

O‘zbekiston poytaxtini Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish taklif qilindi
Foto: «Daryo Live»
Yozuvchi Evril Turon (Mamadali Mahmudov) O‘zA saytida e’lon qilingan «Oltin o‘lka» nomli essesida poytaxtni Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish taklifini bildirdi.
Shuningdek, yozuvchi «poytaxt» so‘zini «boshkent»ga o‘zgartirish lozim deb hisoblamoqda.

Uning yozishicha, Toshkent O‘zbekistonning eng chekka qismida, qozoqyurtning biqinida joylashgan. Boshqa viloyatlardan Toshkentga kelishguncha, ancha vaqt, mablag‘, yoqilg‘i ketadi.

O‘zbekiston iqtisodiy qudrat cho‘qqisiga chiqqanda, Boshkentni mamlakatni nisbatan o‘rtalig‘i bo‘lmish – Jizzax o‘lkasiga ko‘chirish kerak. Xususan: G‘allaorol-Bulung‘ur tumanlari oralig‘idagi bepoyon (Yuqori nuqtagacha) bo‘shliqqa. Anig‘i: Pomir tizmalaridan G‘o‘bdin tog‘iga qadar yastanib yotgan vodiyga, go‘zal Zomin tog‘lari etaklariga, Bog‘donning (Forish, Forish tumaniga Bog‘don nomi berilsa, tarixiy haqiqat tiklanadi) Qizildengiz (Haydarko‘l) bilan tutashgan yassi tog‘lar oralig‘idagi afsonaviy cho‘llarga.

Agar boshkent G‘allaorol, Zomin va yoxud Bog‘don hududlarida qurilsa, milliard-milliard dollarlar tejaladi. Chunki buziladigan uylar yo‘q. O‘nlab Toshkent joylashadigan bo‘sh va bahavo go‘zal yerlar mavjud.

Buning uchun yer osti, usti boyligi tejab ishlatish, o‘marilgan milliardlarni o‘zbek g‘aznasiga qo‘yish, yigirma besh yillik oltinni Vatanga qaytarish, korrupsiya ildizini tag-tugi bilan chopish, shaffof deklaratsiya o‘tkazish, hasharga chet el davlatlarini tortish kerak, deydi Evril Turon.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston poytaxtini Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish taklif qilindi