14:10 / 22.02.2019
5 696

O‘zbekistonda to‘ylarni tartibga solish to‘g‘risida qonun qabul qilish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda to‘ylarni tartibga solish to‘g‘risida qonun qabul qilish taklif etilmoqda
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Oilaviy marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, respublikaning har bir hududi uzoq vaqt davomida shakllangan o‘ziga xos urf-odatlarga ega. Barcha oilaviy marosim va tadbirlar mana shu odatlar asosida o‘tkaziladi.

“Biroq, so‘nggi vaqtlarda mazkur marosim va tadbirlar keraksiz dabdaba, ortiqcha sarf-xarajatlar bilan o‘zgarib ketmoqda. Mahalla vakillari, xotin-qizlar qo‘mitasi va keng jamoatchilik tomonidan aholi o‘rtasida bu borada ko‘plab tushuntirish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, mazkur masalada respublika miqyosida amal qiladigan qonun darajasidagi hujjatning yo‘qligi to‘y va marosimlarni maromida o‘tkazishni tartibga solishga imkon bermayapti", - deyiladi petitsiyada.

“Shu sababdan, O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunini qabul qilishni va unda yuqoridagi masalalar aniq belgilanishini taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda to‘ylarni tartibga solish to‘g‘risida qonun qabul qilish taklif etilmoqda