15:00 / 22.02.2019
7 687

Endi aka-uka va opa-singillarning farzandlari o‘rtasida nikoh tuzish ta’qiqlanadi

Endi aka-uka va opa-singillarning farzandlari o‘rtasida nikoh tuzish ta’qiqlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” qonun loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607-1-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 16-moddasining (Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar) uchinchi xatboshisi (nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida) quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, ota-onaning aka-uka va opa-singillarining farzandlari o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;”.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi ushbu Qonunning ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi aka-uka va opa-singillarning farzandlari o‘rtasida nikoh tuzish ta’qiqlanadi