22:35 / 22.02.2019
8 040

Bosh prokuratura Toshkentda topilgan katta miqdordagi xazina bo‘yicha yangi ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Toshkentda topilgan katta miqdordagi xazina bo‘yicha yangi ma’lumot berdi
Bosh prokuratura Toshkent shahrida qiymati 1 million AQSh dollariga teng tarixiy qimmatbaho buyumlar topilganligi bo‘yicha ma’lumot berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

19 yanvar kuni Milliy universitetining 4-bosqich talabasi Muhammadbobur Yusupov Toshkent shahrida qiymati 1 million AQSh dollarga teng bo‘lgan tarixiy qimmatbaho buyumlar topilgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, keltirilgan topilmalarning aksariyati XIX asrga mansub bo‘lib, ularning deyarli barchasi O‘zbekiston Milliy universitetining muzeyi xodimi Muhammadbobur Yusupov tomonidan so‘nggi 2-3 yil davomida universitetdagi professor olimlardan muzey uchun olingan, ushbu ashyolarda ularning universitetga tegishliligini tasdiqlovchi muhrlar mavjudligi, hamda keltirilgan 8 kg oltin esa haqiqatda topilmaganligi aniqlangan.

Bundan tashqari Muhammadbobur Yusupov 2018 yilda Bosh vaziri Abdulla Aripovga murojaat qilib, Toshkent davlat yuridik universiteti (oldingi ADO binosi yerto‘lasida) va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti yerto‘lasida tarixiy boyliklar mavjudligini ma’lum qilgan. Uning murojaatidan so‘ng, ishchi guruh tuzilib ob’ektlarda arxeologik qidiruv ishlari olib borilgan. Biroq o‘rganish natijasida tarixiy boyliklar topilmagan.

O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati 25 yanvarda Muhammadbobur Yusupov bilan suhbat o‘tkazgan. Ushbu suhbatda Muhammadbobur Yusupov Romanovlar sulolasiga tegishli bo‘lgan tarixiy boyliklar joylashgan joyning xaritasi borligi va bu haqidagi ma’lumotlarni faqatgina O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yoki Bosh vaziri Abdulla Aripovga taqdim qilishini ma’lum qilgan.

Yuqorida qayd etilgan ob’ektlarda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ham o‘rganish o‘tkazilgan, biroq biror-bir tarixiy ahamiyat kasb etuvchi boyliklar topilmagan.

O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan 2019 yilning 25 yanvarida 17 turdagi topilmalar Qimmatbaho metallar agentligiga vaqtincha saqlovga topshirilgan. Hozirda ularning tarixiyligi va haqiqiy qiymati o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura Toshkentda topilgan katta miqdordagi xazina bo‘yicha yangi ma’lumot berdi