“O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
Hujjat loyihasida aytilishicha, ko‘p qavatli uy-joylarni kapital va joriy ta’mirlash ishlarini keskin arzonlashtirish, zamonaviy qurilish materiallarni jalb etish va qurilish ishlari sifatini keskin oshirish maqsadida tijorat banklar tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlarfaqatgina “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari bilan shartnoma tuzgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga ajratish mexanizmi joriy etiladi.
“2019 yil 1 martdan boshlab ajratilgan kredit mablag‘lari va majburiy badallar hisobidan ko‘p xonadonli uy-joy fondini joriy va mukammal ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish (uy-joylarga texnik xizmat ko‘rsatish, hududini saqlash, kunu-tun ishlaydigan dispetcherlik xizmatini tashkil etish) bo‘yicha ishlar tegishli xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, professional boshqaruv kompaniyalari bilan shartnoma tuzgan holda “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari tomonidan amalga oshirilishi choralari ko‘rilsin” – deyilgan hujjat loyihasida.
Qaror loyihasiga “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalarining faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ilova qilingan.
“O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi viloyatlar, shaharlar va tumanlarda tashkil etilgan 102 ta “Ta’mirlash-tiklash xizmati” DUKlar faoliyati sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganligi, 2018 yilda ularning kuchi bilan 215,0 mlrd.so‘mdan ortiq ish hajmi bajarilganligi hamda ularning moddiy-texnika bazasi yanada kuchayganligi;
2018 yildan boshlab “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari tomonidan barcha hududlarda ko‘p xonadonli uy-joy fondining kapital va joriy ta’mirlash hamda tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari sifatli va o‘z vaqtida bajarilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin”, - deyilgan loyihada. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»