Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi 24 yashar fuqaro A.I. yosh bo‘lishiga qaramasdan, “hojatbaror“ning hadisini olgan: mahalladoshi fuqaro D.M.ni aldab, uning o‘g‘li Sh.R.ni Samarqand davlat universitetiga o‘qishga kiritishni va’da qiladi.
«Darakchi» nashrining Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatiga asoslanib yozishicha, buning uchun 2018 yilning yozida D.M.dan 2 ming 700 AQSh dollari va 13 million 200 ming so‘m pullarini olgan. Biroq kelishilganidek va’da bajarilmagan. Sh.R. o‘qishga kiritilmagan, pullar ham qaytarilmagan.
Shundan so‘ng, joriy yilning 19 fevral kuni fuqaro D.M. Pastdarg‘om tumani ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?