5 399
Sun’iy tuxumlar sotilayotgani haqida xabar yuzasidan «O‘rikzor» bozorida tekshiruv o‘tkazildi
Foto: O‘zA
Ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekiston bozorlarida, xususan, «O‘rikzor» savdo kompleksida sun’iy tuxumlar sotilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan 2019 yil 22 fevral kuni «O‘rikzor» savdo kompleksi MChJga qarashli do‘konlarda monitoring, ya’ni parranda tuxumi bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar bilan birma-bir suhbat o‘tkazilib, savdo yurituvchilarga sanitariya, xususan, tibbiy daftarchalarga ega bo‘lish hamda mahsulotlarga beriladigan veterinariya ma’lumotlarini taqdim etish talablari qo‘yildi.
Shuningdek, savdoda bo‘lgan tuxumlardan namunalar olinib, har bir sotuvchining o‘zi guvohligida qisqa muddatli ko‘rgazmali tekshiruv o‘tkazildi.
Xulosalarga ko‘ra, tekshiruv davomida tuxum namunalari iste’molga yaroqli ekani aniqlandi.
Mutasaddilar tomonidan o‘zaro axborot almashishga kelishilib, nazorat kuchaytirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin