“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Biznes telekanali”ni tashkil etish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda tadbirkorlarning faoliyatini to‘liq yoritadigan, biznes sirlarini o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan, tadbirkorlik sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtiradigan maxsus telekanal mavjud emas.
“Agar tadbirkorlik sohasiga bag‘ishlangan maxsus telekanal tashkil etilsa va uning dasturlari faqat shu yo‘nalishda bo‘lsa, tadbirkorlar bir-birlarini yanada yaqinroq tanishardi, mahsulotlarni reklama qilish uchun qulaylik bo‘lardi”, - deyiladi petitsiyada.
Bildirilishicha, maxsus telekanal orqali o‘z mahsulotlarini va ishlab chiqarish jarayonlarini efirga uzatishlari mumkin bo‘ladi. Bu telekanalning tashkil etilishi xorijiy investitsiyalarni ham kengroq jalb etishga, xorijlik tadbirkorlarning e’tiborini yanada tortishga xizmat qilishi mumkin.
“Yuqoridagilardan kelib chiqib, maxsus “Biznes telekanali”ni tashkil etishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi