Avvalroq, yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) «Oltin o‘lka» essesida «O‘zbekiston iqtisodiy qudratining cho‘qqisiga chiqqan vaqtda» poytaxtni Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish taklifini bergani xabar qilingandi.
Ijodkorning mazkur taklifi jamoatchilik orasida ko‘plab munozaralarga sabab bo‘ldi.
«Sputnik» nashri mazkur masala yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovda 649 kishi ishtirok etgan. Natijalarga ko‘ra, 50 foizdan ortiq kishi mamlakat poytaxtini Jizzax shahriga ko‘chirish maqsadga muvofiq emas degan bandga ovoz bergan. Ko‘pchilik o‘zbekistonliklarning fikricha, bu byudjet mablag‘ini bekorga sarflashdir.
13 foiz kishilar esa yozuvchi tashabbusini qo‘llab-quvvatlashgan.
So‘rovda qatnashganlarining 17 foizidan ko‘pi Samarqandga poytaxt maqomini qaytarishga ovoz berishgan. Aynan Samarqand shahri XIV asrda Amir Temir davlatining poytaxti, 1925-1930 yillarda esa O‘zbekiston SSRning poytaxti bo‘lgan.
So‘rovda qatnashganlarning 10 foiziga yaqin qismi O‘zbekiston poytaxtini yangi joyda tashkil qilishga ovoz berishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi