08:26 / 26.02.2019
5 794

Mashina kapotida do‘stini “sayr qildirgan” qizga chora ko‘rildi (video)

Mashina kapotida do‘stini “sayr qildirgan” qizga chora ko‘rildi (video)
Internetda haydovchi yo‘lning harakat qismida Spark avtomobilining kapotida odam bilan harakatlangani tasvirlangan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB videodagi odamlarning kimligini aniqladi. Xabarda aytilishicha, voqea joriy yil 23 fevral kuni Nukus ko‘chasida yuz bergan.
Avtomobil kapotidagi odam qiz bola emas, o‘g‘il bola bo‘lgan. Spark haydovchisi 20 yoshli Laura Sh. do‘sti Nikolay P.ni avtomobil kapotida “sayr qildirgan”.
Ular bu harakati bilan o‘zlarining hayotini xavfga qo‘ygan va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun noqulay vaziyatni yuzaga keltirgan.
Mazkur holat yuzasidan Laura Sh.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-moddasi (haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi), Nikolay P.ga nisbatan 138-moddasi (piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi) bilan bayonnoma tuzilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashina kapotida do‘stini “sayr qildirgan” qizga chora ko‘rildi (video)