08:53 / 26.02.2019
5 938

Qashqadaryoda «Isuzu»dagi shakar selitra bo‘lib chiqdi

Qashqadaryoda «Isuzu»dagi shakar selitra bo‘lib chiqdi
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mineral o‘g‘itlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

“Qarshi-G‘uzor” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro J.N. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan og‘irligi 10,2 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘iti noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Shundan so‘ng, Chiroqchi tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida “Chiroqchi-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro G‘.O. boshqaruvidagi yuk avtomashinasida 7,5 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘iti noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi fosh etildi.

Shuningdek, fuqaro E.A boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtomashinasini belgilangan tartibda tekshirish jarayonida ushbu shaxs 50 kilogrammli qoplarda shakar olib ketayotganligini ma’lum qildi. Ammo uning bu hiylasi naf bermadi.
Bojxonachilar umumiy qiymati 10,5 million so‘mlik 7,5 tonna “sulfat ammoniya” mineral o‘g‘itlarini ashyoviy dalil sifatida olishdi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida umumiy og‘irligi 40 tonnadan ziyod mineral o‘g‘itlarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda «Isuzu»dagi shakar selitra bo‘lib chiqdi