O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 fevraldagi 150-sonli qaroriga asosan Toshkent shahri hududida 1 martdan 1 iyulga qadar onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish belgilangan.
Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkorlik sub’ektlarini unda ishtirok etishga chaqirdi. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun qaror bilan belgilangan fiskal ma’lumotlar operatoriga, ya’ni «Yangi texnologiyalar» ilmiy-axborot markaziga yozma murojaat qilib, fiskal moduliga ega bo‘lishi talab etiladi. Tajriba loyihasini o‘tkazish davrida fiskal modul bepul beriladi.
So‘ngra fiskal modulni soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali «Yuridik shaxslar nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish» interaktiv xizmati yordamida ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan fiskal modulni elektron hisoblash mashinalariga yoki boshqa qurilmalarga o‘rnatish va sozlash ishlarini bajargandan so‘ng tadbirkorlik sub’ekti tajriba loyihasi ishtirokchisiga aylanadi.
Bundan tashqari, «Yuridik shaxslar nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish» interaktiv xizmatida kun davomida kassa cheklari bo‘yicha tushumni ko‘rib borish imkoniyati yaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi