07:55 / 27.02.2019
7 487

O‘zbekistonliklar mart oyida 13 kun dam oladi

O‘zbekistonliklar mart oyida 13 kun dam oladi
Foto: UzNews
O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi qo‘shimcha dam olish kunlari to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra, besh kunlik ish haftasida ishlaydigan o‘zbekistonliklar mart oyida 13 kun dam oladi, deb yozadi UzNews.

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar 4 kalendar kuni dam oladi: 21 mart (payshanba) — bayram dam olish kuni, 22 mart (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni, 23 mart (shanba) — kalendar bo‘yicha dam olish kuni, 24 mart — kalendar bo‘yicha dam olish kuni.
Shuningdek, 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni ham dam olish kuni hisoblanadi.
Shu tariqa, dam olish kunlarini hisobga olganda, besh kunlik ish haftasida ishlaydigan o‘zbekistonliklar jami 13 kun, qolgan fuqarolar — 8 kun dam oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklar mart oyida 13 kun dam oladi