14:04 / 27.02.2019
4 480

Genetiklar limon qanday qilib nordon bo‘lib qolishini tushuntirdi

Genetiklar limon qanday qilib nordon bo‘lib qolishini tushuntirdi
Niderlandiya va AQShning molekulyar biologlari limon va boshqa sitrus mevalarda kislotalarni «siqib chiqaradigan» mexanizmni topdi va nega ular mandarin va boshqa shirin mevalarda deyarli yo‘q ekanini aniqladi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
«Sitrus mevalarning nordon ta’mi ularning hujayrasidagi vakuola bilan bog‘liq. Vakuola meva hujayralarda turli xil o‘tkir tarkibli moddalar bilan «siqib chiqariladi», — deydi Amsterdam universiteti vakili Pamela Strazzer.

Apelsin, limon va mandarin kabi sitrus mevalarning asl vatani Xitoy hisoblanadi. Bundan ikki ming yil avval Xitoyda sitrus mevalarga alohida ishlov berila boshlangan. Ularning dastlabki ko‘rinishi hisoblangan achchiq apelsinlar va yovvoyi sitronlar hozirda ham Hindistonda va Himolay tog‘larining ba’zi burchaklarida o‘sadi.

Tarixchilarning fikriga ko‘ra, G‘arb sivilizatsiyasi sharqning bu mevalari bilan Iskandar Zulqarnayn yurishlari davrida tanishgan. Sitrus mevalarni va ularning daraxtlarini xushbo‘y hidi va shifobaxsh xususiyatlari uchungina qadrlaydigan Xitoydan farqli o‘laroq O‘rtayer dengizi aholisi ularni meva sifatida iste’mol qila boshlagan.

Bu mevalarning «O‘rtayer dengizi» navi o‘z o‘rnida Xitoydagi shu turdagi mevalardan nordon ta’mning yo‘qligi bilan farq qiladi.
Strazzer va uning hamkasblari sitruslarga umuman aloqasi yo‘q bo‘lgan boshqa bir o‘simlikni o‘rganayotganda nordon ta’m sirini ochgan. Olimlar petuna yaproqlarining rangi boshqa bir nechta DNK segmentlari faoliyatini «olib boradigan» PH1-PH7 maxsus gen oilasi mutatsiyasiga ega bo‘lishiga bog‘liq ekanligini aniqlagan.

Ranglarining o‘zgarishi, o‘z navbatida, PH1 va PH5 ning mutatsiyasi bilan bog‘liq. Bu gul hujayralarining vakuolasiga katta miqdordagi kislota yig‘ilishiga sabab bo‘ladi. Ular AN1 genining ishi bilan bog‘liq bo‘lgani sabab, mandarinning ta’mi shirin bo‘ladi.
PH1-PH5 va AN1 genlari mevalar tarkibida qanchalik yuqori bo‘lsa, limon va boshqa sitrus meva shunchalik nordon bo‘ladi. Qanchalik kam bo‘lsa, mevaning ta’mi shirin bo‘ladi.
Olimlarning aniqlashicha, AN1 geni vakuoladagi nordon ta’m ishlab chiqarish funksiyasini «o‘chirib qo‘yadi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Genetiklar limon qanday qilib nordon bo‘lib qolishini tushuntirdi