Mart oyidan OTM to‘lov-kontrakt narxlari oshiriladi

  • 27 fevral 2019, 22:13
  • 3 651
  • Jamiyat
  • Mart oyidan OTM to‘lov-kontrakt narxlari oshiriladi
    2018 yilning 13 oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»ni Farmoni e’lon qilingandi. Unga asosan, 2018 yilning 1 noyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirilgan va respublika hududida eng kam oylik ish haqi 202,730 so‘m etib belgilangandi.

    Eng kam oylik maosh miqdorining oshirilishi bilan O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt narxlari ham ko‘tariladi.
    Buning sababi, Davlat qabul komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-sonli bayoniga ilovada to‘lov-kontrakt narxlari eng kam oylik ish haqiga bog‘langan bo‘lishi belgilab qo‘yilgan edi. Ya’ni har safar EKOIH oshganida OTM talabasi bo‘lish bahosi ham yuqorilab boraveradi.

    Bu esa shuni anglatadiki, ish haqlari oshsa, kontrakt ham xuddi shuncha foizga oshadi. Faqat qoidaga binoan, EKIH miqdori oshirilganda kontraktlar navbatdagi semestrdan boshlab oshiriladi.

    Shunga ko‘ra, noyabrda oshgan ish haqlari mart oyidan boshlab o‘quv yilining 2-yarmi uchun to‘lanadigan kontraktga ta’sir qiladi.
    Telegramdagi Xushnudbek.uz kanalida keltirilishicha, 2-semestrdan kontrakt miqdorlari quyidagicha bo‘ladi:

    BAKALAVRIAT
    (kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim uchun)

    1-toifa: 45 barobar – 9 mln 122 ming 850 so‘m
    2-toifa: 46 barobar – 9 mln 325 ming 580 so‘m
    3-toifa: 50 barobar – 10 mln 136 ming 500 so‘m
    4-toifa: 55 barobar – 11 mln 150 ming 150 so‘m
    5-toifa: 60 barobar – 12 mln 163 ming 800 so‘m

    Toifalarga qaysi ta’lim yo‘nalishlari to‘g‘ri kelishini mana bu yerdan ko‘rish mumkin.

    MAGISTRATURA

    1-toifa: 49 barobar – 9 mln 933 ming 770 so‘m
    2-toifa: 51 barobar – 10 mln 339 ming 230 so‘m
    3-toifa: 55 barobar – 11 mln 150 ming 150 so‘m
    4-toifa: 61 barobar – 12 mln 366 ming 530 so‘m
    5-toifa: 66 barobar – 13 mln 380 ming 180 so‘m

    MAXSUS SIRTQI

    1-toifa: 15 barobar – 3 mln 40 ming 950 so‘m
    2-toifa: 17 barobar – 3 mln 446 ming 410 so‘m
    3-toifa: 20 barobar – 4 mln 54 ming 600 so‘m
    4-toifa: 22 barobar – 4 mln 460 ming 60 so‘m
    5-toifa: 27 barobar – 5 mln 473 ming 710 so‘m

    IKKINChI MUTAXASSISLIK
    (kunduzgi, sirtqi)

    1-toifa: 49 barobar – 9 mln 933 ming 770 so‘m
    2-toifa: 51 barobar – 10 mln 339 ming 230 so‘m
    3-toifa: 55 barobar – 11 mln 150 ming 150 so‘m
    4-toifa: 61 barobar – 12 mln 366 ming 530 so‘m
    5-toifa: 66 barobar – 13 mln 380 ming 180 so‘m

    IKKINChI MUTAXASSISLIK
    (sirtqi (2017/2018 o‘quv yilida qabul qilinganlar uchun)

    1-toifa: 25 barobar – 5 mln 68 ming 250 so‘m
    2-toifa: 26 barobar – 5 mln 270 ming 980 so‘m
    3-toifa: 28 barobar – 5 mln 676 ming 440 so‘m
    4-toifa: 31 barobar – 6 mln 284 ming 630 so‘m
    5-toifa: 33 barobar – 6 mln 690 ming 90 so‘m

    Agar kimdir kontraktini oldindan 1 yillik to‘lab qo‘ygan bo‘lsa ham, baribir 2-semestr uchun yuzaga kelgan farqni qo‘shimcha to‘lov qilishiga to‘g‘ri keladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Mart oyidan OTM to‘lov-kontrakt narxlari oshiriladi