10:03 / 01.03.2019
5 427

Toshkentda mast erkak «Qo‘yliq» bozori yaqinidagi ko‘prikdan sakramoqchi bo‘ldi (video)

Toshkentda mast erkak «Qo‘yliq» bozori yaqinidagi ko‘prikdan sakramoqchi bo‘ldi (video)
Toshkentda mast erkak «Qo‘yliq» bozori yaqinidagi ko‘prikdan sakrashga urindi deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

«Bugun soat 18.45 da alkogol ichimlik ichgan mast erkak Toshkent halqa avtomobil yo‘lida Bektemir tumani «Qo‘yliq» bozori yaqinidagi ko‘prikka osilgan. Uni Ichki ishlar bo‘limi xodimlari va fuqarolar qutqarib qolgan», – deydi Toshkent shahar IIBB.

Aniqlanishicha, erkak Jizzax viloyatidan kelgan 42 yashar Muratbek E. ekan. U tibbiy muassasaga olib ketilgan, u yerda birinchi yordam ko‘rsatilgan va psixologlar bilan suhbat o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda mast erkak «Qo‘yliq» bozori yaqinidagi ko‘prikdan sakramoqchi bo‘ldi (video)