Restorandan chiqqan "narkokuryer" qoʻlga olindi

  • 02 mart 2019, 07:58
  • 2 173
  • Jamiyat
  • Restorandan chiqqan "narkokuryer" qoʻlga olindi
    Surxondaryo viloyati bojxonachilari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda giyohvand moddalarning gʻayriqonuniy aylanishiga chek qoʻyishdi, deya xabar qildi Davlat bojxona qoʻmitasi Axborot xizmati.

    Jarqoʻrgʻon tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida X.A ismli shaxs tumandagi restoranlarning biridan chiqish vaqtida toʻxtatilib xolislar ishtirokida tekshiruvdan oʻtkazildi.

    Natijada, uning kiyimi choʻntagida ikki dona gugurt qutisiga solingan giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu giyohvandlik moddasi ogʻirligi 6,70 grammni tashkil etuvchi marixuana ekanligi maʼlum boʻldi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    » » Restorandan chiqqan "narkokuryer" qoʻlga olindi